Линклар

O‘zbekistonda Turkmaniston kinosi kunlari o‘tmoqda. Namoyish dasturidan sakkizta to‘liq metrajli va hujjatli lenta o‘rin olgan.

Tadbir tashkilotchisi - O‘zbekkino milliy agentligi matbuot kotibi Hakim Sattoriy Ozodlik bilan suhbatda o‘zbek-turkman kinosi tarixining mushtarakligidan gapirdi.

Sattoriyga ko‘ra¸ Turkmaniston kinosi kunlari “Naqshlar” hujjatli filmi bilan ochilgan.

Filmda turkman kelinchagi haëtining ajralmas qismi bo‘lgan taqinchoqlarni yasash jaraëni tasvirlangan.

Filmda oltin va kumush taqinchoqlar yasaydigan zargarlik haqida hikoya qilinadi.

Hakim Sattoriyga ko‘ra¸ bugun turkman kinematografiyasi saviyasi yana ko‘tarilayapti.

- Besh-yil oldin Turkmanistonda O‘g‘uzxon nomidagi “Turkmanfilm” birlashmasi tashkil etildi. Har yili bu yerda 25 ga yaqin badiiy, hujjatli va animatsion kartinalar suratga olinadi.

Ozodlik bilan suhbatda Hakim Sattoriy Turkmanistondan O‘zbekistonga rejissyorlar, stsenariy mualliflari va operatorlar ham tashrif buyurgani haqida gapirdi:

- Ayni paytda turkman kinochilari Toshkent, Oqqo‘rg‘on va Buxorodagi tomoshabinlar bilan muloqot qilishmoqda¸ deydi Hakim Sattoriy.

Sovet davrida o‘zbek-turkman kinochilari o‘ta jips holda ishlagan. Turkman ëzuvchisi Xidir Deryayevning “Qismat” romani o‘zbek kinochilari tarafidan ekranlashtirilgan.

O‘zbek kinosi asoschilaridan biri Komil Ërmatov filmlarida taniqli turkman aktërlari suratga tushgan.

Turkman kinochilari Sovet davrida suratga olgan “Kelin”¸”Maxtumquli” kabi asarlar o‘zbek tiliga o‘girilib keng o‘zbek tomoshabinlariga taqdim qilingan.

Ayni paytda Turkmanistonda yiliga 25 kino suratga olinmoqda.

O‘zbek-kino milliy agentligining matbuot kotibi Hakim Sattoriyga ko‘ra¸ O‘zbekistonda yiliga 56 film suratga olinmoqda.

Bu haftasiga bitta kino deganidir.

Hakim Sattoriy bilan suhbatni to‘la tarzda mana bu yerda tinglash mumkin.

XS
SM
MD
LG