Линклар

O'tgan yili Yaponiyada yuz bergan tsunamida oqib ketgan futbol to'pi Alyaska sohilida topildi va uning kimga tegishli ekani aniqlandi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.

Suvda bir yil va besh ming kilometr masofani suzib o'tgan to'p AQShning Alyaska shtatidagi Middlton oroli sohilida Devid Bakster tarafidan topilgan. To'p egasini topishda undagi kimga tegishli ekanini ko'rsatuvchi yaponcha yozuv sabab bo'lgani aytilmoqda.

Yaponiyalik jurnalistlar bilan birga o'tkazilgan izlanishlardan so'ng oqib ketgan to'p Rikundzentakata shahrida yashovchi 16 yoshli Misaki Murakamiga tegishli ekani aniqlandi. Xabarlarga ko'ra, Misaki oilasi 2011 yilning mart oyida ro'y bergan kuchli tsunamida o'z uyidan ayrilgan, mulkining katta qismi esa suvda o'qib ketgan.

Devid Baskter va uning yaponiyalik rafiqasi Yumi to'p egasi bilan telefon orqali bog'lanishdi. Ularga ko'ra, yosh Misaki unga 2005 yilda sinfdoshlari sovg'a qilgan to'pning topilganidan juda ham mamnun.

Baksterlar may oyida Yaponiyaga kelib, to'pni shaxsan o'z egasiga topshirishmoqchi.
XS
SM
MD
LG