Линклар

Angliyaning “Chelsi” futbol jamoasi Chempionlar ligasining final bosqichiga chiqdi.

Yarim final o‘yinlari doirasida “Chelsi” klubi kecha Ispaniyada “Barselona” jamoasi mehmoni bo‘ldi. Shiddatli hujumlarga boy o‘tgan o‘yin 2:2 hisobi bilan yakunlandi.

Jon Terri qo‘pollik uchun maydondan chetlatilganidan so‘ng angliyaliklar birinchi bo‘limdayoq 10 kishi bo‘lib maydonda harakatlanishga majbur bo‘lishdi. Shunga qaramasdan, penaltini ijro etolmagan yil o‘yinchisi Lionel Messi jamoasi muhim g‘alabani o‘z uyida qo‘lga kirita olmadi.



18 aprel kuni Angliyada o‘tgan yarim final dastlabki o‘yinida rossiyalik millarder Roman Abramovich egalik qilgan “Chelsi” jamoasi “Barsa” ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Bugun Chempionlar ligasining ikkinchi finalchisi aniqlanadi. Madridning “Real” jamoasi o‘z uyida Germaniyaning “Bavariya”sini qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:45 boshlanadi.
XS
SM
MD
LG