Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:38

“Odnoklassniki.ru” o‘zbek tiliga tarjima qilindi


“Odnoklassniki.ru” Internet ijtimoiy tarmog‘ining mobil versiyasi o‘zbek tiliga tarjima qilindi.

Bu haqda tarmoqning marketing va ijtimoiy strategiyalar bo‘limi rahbari Aleksandr Izryadinov seshanba kuni Toshkentda o‘tgan matbuot anjumanida ma‘lum qildi.

Izryadinovga ko‘ra, ayni damda O‘zbekistonda har oyda 2 milliondan ziyod foydalanuvchi Odnoklassniki.ru tarmog‘iga kiradi. Ularning 1.5 millioni, ya‘ni 77 foizi tarmoqdan mobil uskunalar orqali foydalanadi.

Aynan mobil uskunalar orqali kiruvchilarning soni yuqori bo‘lganligi bois ham tarmoqning mobil versiyasi o‘zbek tiliga tarjima qilingani aytilmoqda.

Odnoklassniki.ru vakiliga ko‘ra, joriy yilning iyun oyidan boshlab tarmoqning asosiy Internet sahifasi ham o‘zbek tilida ishga tushiriladi.

Bosh qarorgohi Moskvada joylashgan Odnoklassniki.ru sayti o‘zbekistonliklar tarafidan eng ko‘p foydalanilgan onlayn tarmoqdir. Saytda ro‘yxatdan o‘tgan o‘zbekistonliklar soni 2.5 milliondan ziyod. Qiyos uchun, Feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida 127 ming o‘zbekistonlik ro‘yxatdan o‘tgan.
XS
SM
MD
LG