Линклар

Шошилинч хабар
27 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:19

Klintondan O‘zbekiston hukumatiga ta‘sir qilish suraldi


AQSh Davlat kotibi Hillari Klinton.
AQSh Davlat kotibi Hillari Klinton.

AQSh Davlat kotibi Hillari Klinton O‘zbekiston hukumatini bolalar mehnatidan majburiy foydalanishni to‘xtatishga chaqirishga da‘vat qilinmoqda.

Human Rights Watch inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti 25 aprel kuni Nohukumat tashkilotlari koalitsiyasi nomidan AQSh Davlat kotibiga yo‘llangan maktubni e‘lon qildi.

Maktubda Hillari Klinton O‘zbekistonda bolalarning majburiy ravishda paxta dalalaridagi ishlarga ommaviy jalb qilinishini to‘xtatish yo‘lida hukumatdan jiddiy harakatlarni talab qilishga chaqirilgan.

Bu maktubni hozirlagan koalitsiya tarkibida xalqaro va mahalliy inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar, kasaba uyushmlari, tikuvchilik, to‘qimachilik, chakana savdo sohasidagi shirkatlar hamda sarmoyadorlar bor.

HRW tashkiloti bu galgi bayonotida O‘zbekistondan bolalar mehnatidan majburiy foydalanishni to‘xtatishga qaratilgan konkret rejani xalqaro jamoatchilikka taqdim qilishni so‘ramoqda.

Bunga qadar ham tilga olingan bu kabi so‘rovlarga javoban O‘zbekiston hukumati bunga hukumat mas‘ul emasligi, bu xususiy sektordagi mahalliy fermerlarning ixtiyoriy asosdagi qarori ekanini ta‘kidlab kelmoqda.
XS
SM
MD
LG