Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:45

"Bavariya" Chempionlar ligasi finalida


"Bavariya" darvozaboni Noyer (Neuer) penaltilar seriyasida Krishtianu Ronaldu zarbasini qaytarmoqda.
"Bavariya" darvozaboni Noyer (Neuer) penaltilar seriyasida Krishtianu Ronaldu zarbasini qaytarmoqda.
Germaniyaning "Bavariya" futbol jamoasi Chempionlar ligasining final bosqichiga yo'llanma oldi. Yarim finalda "Bavariya" Madridning "Real" jamoasi ustidan g'alaba qozondi.

Yarim final doirasidagi ikkala jamoa o'rtasida o'tgan dastlabki uchrashuv Germaniyada 2:1 hisobi bilan "Bavariya" foydasiga yakunlangan edi. 25 aprel kuni Madridda o'tgan javob o'yini esa 2:1 hisobi bilan "Real" foydasiga hal bo'ldi.

Javob o'yini kutilganidek qizg'in o'tdi. O'yinning 6-daqiqasida Krishtianu Ronaldu "Bavariya" himoyachisi David Alaba qo'li bilan o'ynagani uchun belgilangan penaltidan hisobni ochib berdi. Oradan sakkiz daqiqa o'tib Ronaldu dubl ijro etib, hisobni 2:0 ga yetkazdi. "Bavariya"nign yagona goliga 28-daqiqada Aryen Robben mualliflik qildi. Robben raqib himoyachisi Pepening qo'pol o'yini uchun belgilangan penaltida Kasilyas darvozasini aniq nishonga oldi.



Ikkala o'yin natijalari bo'yicha durang qayd etilgani tufayli jamoalar penaltilar seriyasini ijro etishdi. Ikkala darvozabon ham o'z mahoratini ko'rsatgan penaltilarda "Bavariya"ning qo'li baland keldi (1:3).

"Bavariya" jamoasi 19 may kuni o'tadigan Chempionlar ligasi finalida Angliyaning "Chelsi" jamoasi bilan uchrashadi.

Eslatamiz, rossiyalik milliarder Roman Abramovich egalik qilgan "Chelsi" jamoasi yarim finalda Chempionlar ligasining o'tgan yilgi g'olibi "Barselona" ustidan g'alaba qozongan edi.
XS
SM
MD
LG