Линклар

Germaniyaning Bavariya federal yeri hokimiyati yaqin kunlarda Gitlerning “Mening kurashim” (Mein Kampf) kitobini nashrdan chiqarmoqchi.

Mazkur kitob so‘nggi marta 1945 yilda nashrdan chiqarilgan edi. Germaniya natsizmi asoschisining bu kitobidan tarixchilarning sharxlari ham o‘rin oladi.

“Mening kurashim” kitobi Germaniyada ta‘qiqlanmagan. Biroq kitobning mualliflik huquqiga egalik qiluvchi Bavariya hokimiyati uning nashr etilishiga oxirgi daqiqalargacha to‘sqinlik qilib kelgan.

2015 yilda Gitlerning o‘limiga 70 yil to‘ladi. Bavariya rasmiylariga ko‘ra, Gitler asarining mana shu sanadan oldin chiqarilishi “kitobni tijoriy jihatdan muvaffaqiyatsizlikka uchratish” maqsadini ko‘zlaydi.
XS
SM
MD
LG