Линклар

O‘zbekiston chekishga qarshi konventsiyaga qo‘shildi


JSST hisob-kitoblariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab yiliga 5 millionga yaqin odam chekish bilan bog‘liq kasalliklardan nobud bo‘ladi.

JSST hisob-kitoblariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab yiliga 5 millionga yaqin odam chekish bilan bog‘liq kasalliklardan nobud bo‘ladi.

O‘zbekiston Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tamakiga qarshi kurash bo‘ychia konventsiyasiga qo‘shildi.

Bu haqdagi farmonni prezident Islom Karimov 25 aprel kuni imzoladi. Mazkur konventsiyaga ko‘ra, hukumat chekishga qarshi kurashga qaratilgan choralarni ko‘rish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Chekish ko‘plab mamlakatlar qatori O‘zbekiston uchun ham dolzarb muammo hisoblanadi. JSST ma‘lumotlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik erkaklarning choragi tamaki chekishga ruju qo‘ygan. O‘zbekistonlik oddiy chekuvchilar konventsiyaning qabul qilinishi tufayli chekish muammosidan qutulishga umid qilmoqda.

Prezident Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasining Tamakiga qarshi kurash bo‘yicha Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti konventsiyasiga qo‘shilishi to‘g‘risidagi farmonni 25 aprel kuni imzoladi.

Bunga oid qonun Oliy majlis quyi palatasi tomonidan joriy yil 6 mart kuni qabul qilgan va Senat tomonidan 23 mart kuni tasdiqlangan edi.

Konventsiyaga ko‘ra, unga qo‘shilgan davlat tamakiga qarshi kurashga qaratilgan choralarni ko‘rish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi mutaxassisi Ozodlik bilan mikrofonsiz suhbatda bu choralarga nimalar kirishi haqida gapirib berdi.

“Bu konventsiya tamaki ishlab chiqarish sanoatiga nisbatan ma‘lum cheklovlarni qo‘llashga oid urinishlarni uyg‘unlashtirish uchun kerak. Chunki bu muammoning asosiy jihatidir. Shuningdek bu choralarga jamoat joylari, restoran, transport va shunga o‘xshasha joylarda tamaki chekishni cheklash, tamaki mahsulotlarini har qanday ko‘rinishda reklama qilishni taqiqlash kabilar kiradi”, deydi ismini aytmasligimizni so‘ragan JSST mutaxassisi.

Uning aytishicha, O‘zbekistonda tamaki chekish muammosi kun sayin dolzarb bo‘lib bormoqda. “Ayniqsa, yoshlar orasida tamaki chekish keng tarqalayotgani tashvishlidir”, deydi mutaxassis.

JSST 2008 yilda o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda erkaklarnig 25 foizi kundalik ravishda tamaki iste‘mol qiladi. Ayollarning esa, 2 foiziga yaqini chekuvchilar sirasiga kiradi. Ayni tadqiqot natijalariga ko‘ra, 15 yoshdan katta bo‘lgan har bir o‘zbekistonlikka bir yilda 1100 dan ortiq sigareta to‘g‘ri keladi.

Farg‘onalik 24 yoshli Abdumalik to‘rt yildan beri chekadi. “Boshida yoshlik qilib, qiziqish uchun chekib ko‘rgan edim, hozir tashlay olmayotganimdan afsusdanman”, deydi Abdumalik.

- Men kamida bir pachka sigaret chekaman. O‘zimga ham yoqmaydi aka ishonasizmi, iloji yo‘q chekamanda. O‘rganib qolganmiz. Tashlayman deyman, nimagadir bo‘lmayapti hozircha.

Abdumalik o‘z oshna-og‘aniylari va tengqurlarining ko‘pchiligi sigerat chekishi, bundan tashqari maktab yoshidagi bolalar orasida ham bu yomon odat tarqalayotganini aytadi.

- 8-9-sinf bo‘lsa, 15-16 yoshga kirgan bola hisobda. Daje pastroq ham bo‘lmasa. Faqat sigaret chekishmaydi, kimdir nos ham chekadi. Yoshligida kimdir sigaret chekadi, kimdir nos chekadi. Masalan, oshnalarimning 70 foizi chekadida. Agar biz obshiy bunday o‘tiradigan bo‘lsak bolalar bilan, 10 kishi o‘tiradigan bo‘lsak, 3-4 pachka sigaret chekib ketiladi, deydi Abdumalik.

Tamakiga qarshi kurash bo‘yicha JSST konventsiyasi 2003 yil may oyida Butunjahon sog‘liqni saqlash assambleyasida “tamaki epidemiyasi” deya ataladigan hodisaning globalizatsiyasiga javob tariqasida qabul qilingan. Bu hujjat tamaki mahsulotlari narxi va soliqlarini oshirish, ularni voyaga yetmaganlarga sotish, reklama va homiylikni taqiqlash kabi choralarni o‘z ichiga oladi.

Ashaddiy chekuvchi bo‘lishiga qaramasdan, Abdumalik bu choralarni qo‘llab-quvvatlaydi. Sigaret narxi qimmatroq bo‘lganida, chekishni tashlash uchun qo‘shimcha rag‘bat bo‘lar edi, deydi u.

- Masalan, biz chekayotganimiz 2300 so‘m turadi. Hisoblasak, oyiga 66 ming prosto tak sigaretga ketayapti. Menin nimam bo‘yicha taqiqlash kerak chekishni. Masalan qaysidir yoshda, belgilangan joylarda, masalan yosh bolalar ko‘rmaydigan, ko‘chada prosto yurib chekishni nima qilish kerakda. Ko‘pchilik ko‘chalarda yuradi. yosh bolalar ham ko‘rishadi. “Mening chekkim kelayapti. Mening kam joyim bormi. U chekayapti” deydi chekadida baribir, deydi 24 yoshli Abdumalik.

JSST hisob-kitoblariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab yiliga 5 millionga yaqin odam chekish bilan bog‘liq kasalliklardan nobud bo‘ladi.

Odatan erkaklar orasida ko‘proq uchraydigan chekish muammosi keyingi 15-20 yil ichida ayollar orasida ham ko‘p uchrayotganini aytishadi mutaxassislar. Ayniqsa, yosh ayollarning tamakiga ko‘proq ruju qo‘yganini ko‘rish mumkin. Shuningdek dunyo bo‘ylab 13-15 yoshdagi bolalalrning 100 ming nafari kundalik ravishda tamaki chekishi taxmin qilinadi.

JSSTning Toshkentdagi vakolatxonasi mutaxassisining aytishicha, O‘zbekiston uchun ham bolalar orasida tamaki chekish keng tarqalayotgani tashvishlarga sabab bo‘lmoqda.

Muarrixlarga ko‘ra, tamaki chekish tarixi eramizdan avvalgi 5000 yilga borib taqaladi.
XS
SM
MD
LG