Линклар

Шошилинч хабар
17 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:25

Tataristonda Interpol qidiruvida bo‘lgan o‘zbekistonlik ushlandi


Tataristonda shanba kuni politsiya 2010 yildan buyon Interpol qidiruvida bo‘lgan 36 yoshli o‘zbekistonlikni qo‘lga olgan.

Bu haqda mahalliy huquq-tartibot idoralariga tayangan holda xabar tarqatgan Rossiya ommaviy axborot vositalari qo‘lga olinmish shaxs ismini keltirmagan.

Tatariston tumanlaridan birida fermerlik bilan shug‘ullanib yurgan bu kishi, ma‘lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 159-moddasi bilan, ya‘ni “konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilganlik”da ayblanmoqda.

Ayni paytda Qozondagi hibsxonada ushlab turilgan o‘zbekistonlikning yurtiga ekstraditsiya qilish masalasi hal qilinmoqda.

“Komsomolьskaya pravda” gazetasi versiyasiga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs O‘zbekistonda inqilob uyushtirishga uringan.
XS
SM
MD
LG