Линклар

Yosh qizlar o‘rtasida mashhur Barbi qo‘g‘irchoqlarining hayotdagi nusxasiga aylanishni iddao qilgan rus modeli ko‘pchilikka Rossiyadagi plastik operatsiyalar dahshatidan bir eslatmadir.

Asli Ukrainada tug‘ilgan rus modeli Valeriya Lukyanovaning Barbiga aylanish uchun necha marta plastik jarrohlik stoliga yotgani aniq emas.

Ammo aytilishicha¸ Valeriyaning ko‘pchilik nazarida "go‘zallik timsoli"ga aylangan Barbiga aylanish yo‘lida chekkan aziyatlari o‘zini oqlagan va bugunga kelib u rus tilli Internetdagi eng mashhur qizlardan biridir.

Ayni paytda¸ Valeriya Barbiga aylanish uchun plastik operatsiyalar zanjiriga bog‘langan rus qizlarining birinchisi ham so‘nggi ham emas.

90-yillardan beri rossiyalik ayollar orasida keng urfga aylangan plastik jarrohlik mamlakat sog‘liqni saqlash tizimining eng kam nazoratga olingan sohasi hisoblanadi.

Hozirga qadar Rossiyada plastik jarrohlik amaliyoti oqibatida qancha mijozning o‘lib¸ qanchasi sog‘lig‘iga jiddiy ziyon yetkizilganiga oid biror ma‘lumot e‘lon qilingan emas.

Ayni paytda¸ ayrim Rossiya Internet nashrlari plastik jarrohlik dahshatlaridan ogohlantiruvchi misollarni yig‘ib¸ ularni hujjatlashtirish bilan shug‘ullanmoqdalar.

Shunday bo‘lsa-da¸ bu hujjatlar Valeriya Lukyanova kabilarning Barbiga aylanish yo‘lidagi qurbonliklardan qaytarish uchun yetarli bo‘lmayotgan ko‘rinadi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG