Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:41

Rossiyada "o‘zbekcha" intim xizmatlar taklif qilinyapti


Saknt Peterburg ko‘chalarida paydo bo‘lgan e‘londa "Bugun ko‘rishishga tayyorman. Erkakalar uchun oromli roxatbaxsh dam" deya yozilgan.
Saknt Peterburg ko‘chalarida paydo bo‘lgan e‘londa "Bugun ko‘rishishga tayyorman. Erkakalar uchun oromli roxatbaxsh dam" deya yozilgan.

Rossiyaning Moskva va Sankt Peterburg kabi yirik shaharlari avtobus va metro bekatlarida o‘zbek tilidagi e‘lonlar paydo bo‘ldi. Bu e‘lonlar “ishga olamiz” yo “kvartira ijaraga beriladi” qabilida bo‘lganida unchalik e‘tiborga molik bo‘lmas edi. Lekin yurak ichiga “erkakalar uchun oromli roxatbaxsh dam” deb yozilgan e‘lonlar Moskva yoki Sankt Peterburgning tub aholisiga atalmaganini anglash qiyin emas. Rossiyada mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklar millionlarni tashkil etishi inobatga olinsa, buni ma‘lum xazmatlar ko‘rsatiluvchi soha vakillarining marketing strategiyasi deb atasa bo‘ladi.

Pushtirang qog‘ozga chop qilingan, yurak ichidagi “erkakalar uchun oromli roxatbaxsh dam” degan yozuvli e‘lonlarni, Rossiya matbuotiga ko‘ra, Sankt Peterburg ko‘chalarida ko‘p uchratish mumkin.

Buni Rossiya shimoliy poytaxtida o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari soni shu darajada ko‘payganki, eng qadimgi kasb egalari potentsial mijozlarni o‘zbeklar orasida qidiкmoqda, deya tushunish mumkin. Yoki buni mazkur “soha xizmatchilari” orasida o‘zbeklar ham ko‘payib qolgan deya talqin qilish mumkin.

Sank Peterburgdagi o‘zbeklar diasporasi raisi Alijon Haydarov ikkinchi talqinni qo‘llab-quvvatlamaydi. Uning fikricha, bu intim xizmatlar sohasining marketing strategiyasidir.

- Bu shunchaki reklama aktsiyasidir. Ular O‘zbekistondan kelgan mardikorlar ko‘p deb o‘ylab, mijozimiz ko‘payarmikin, degan maqsadda bunday e‘lonlarni o‘zbek tilida ham chop etishmoqda. Hozir nafaqat intim xizmatlar haqidagi e‘lonlar, balki boshqa tashkilotlar ham o‘zbek tilida e‘lonlar bermoqda.

Lekin, deya qo‘shimcha qiladi Alijon aka, o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari ko‘payib qolgan bo‘lsa-da, ular pullik intim xizmatlardan unchalik foydalanmaydi va mazkur strategiya samarasizdir.

- Vatandoshlarimiz ishdan keyin shunchalik charchaydiki, bunday ishlarga xafsalasi qolmaydi. Hatto oldiga qip yalang‘och qizni solib qo‘ysangiz ham, orqasini qilib yotib oladi, deydi Alijon Haydarov.

Ayni paytda “erkaklar uchun orombaxsh” xizmatlarni o‘zbek tilida taklif etuvchi e‘lonlar Moskva ko‘chalarida ham paydo bo‘lgani aytilmoqda.

To‘rt yildan beri Moskvada qurilish-ta‘mirlash ishlari bilan shug‘ullanadigan 25 yoshli Husniddinning aytishicha, bunday reklamaning o‘zbek tilida paydo bo‘layotgani nafaqat o‘zbek mardikorlarning ko‘paygani, intim xizmat sohasida o‘zbek ayollari safi kegayayotgani bilan ham bog‘liq.

- Ha, o‘zbek qizlari ham ko‘p. O‘zbek qizlari bor, 3000 rubl deyapti bir kechasi. 100 dollarda endi.

Ozodlik: Qizlar necha yoshda?

- Har xilda endi. 18, 20, 25 yoshi ham bor.

Ozodlik: Shunaqa e‘lonlardan foydalanib turasizlarmi?

- Foydalanamiz aka. Hozir endi ish bilan foydalanmayapmizda.

O‘zbek diasporasi vakilidan farqli o‘laroq, Husniddinning aytishicha, o‘zbekistonlik millionlab mehnat muhojirlari orasida intim xizmatlardan foydalanadiganlar topiladi. “Bo‘lmasa narxi 100 dollar bo‘larmidi”, deya qo‘shib qo‘yadi u.

Keyingi 10-15 yil ichida nafaqat Rossiya, balki Birlashgan Arab Amirliklari, Hindiston, Isroil, Janubiy Koreya, Tayland, Malayziya, Turkiya va Osiyoning boshqa mamlakatlarida fohishalik qilayotgan o‘zbekistonlik ayollar soni ko‘paygani kuzatiladi. Ularning bu mamlakatlarda qo‘lga olingani haqidagi xabarlar so‘nggi paytlarda tez-tez paydo bo‘lmoqda.

O‘zbekiston hukumati bunday ayollarning ko‘pchiligi odam savdosi qurboni bo‘lganini aytib keladi va bu muammoga qarshi kurash bo‘yicha davlat dasturlariyu turli chora-tadbirlar ko‘rilayotgani aytiladi.

Husniddinning Rossiyada ham o‘zbek qizlar ko‘p, degan so‘zlarini Moskvada intim xizmatlar sohasida ishlayotgan samarqandlik suhbatdoshimiz tasdiqladi. Uning ismini “Gulnora” deb o‘zgartirdik. Bunday qizlarning ko‘pchiligi, deydi “Gulnora”, o‘z xohishiga ko‘ra, tirikchilikning boshqa iloji qolmaganidan shu yo‘lga kiradi.

- Ha, juda ko‘p. Mana 16da ham keladi qiz. Mening dugonam keladi. Biz bu yerda, xohlasangiz, lyuboyingiz keling. Bizning uyimizda o‘zi xohlasa ishga chiqadi, xohlamasa chiqmaydi. Chiqsa o‘zining cho‘ntagi uchun chiqadi, chiqmasa kvartira pulisiz, nonsiz ko‘chada qoladi.

“Gulnora”ning aytishicha, Rossiyaga tirikchilik ilinjida “erkaklar uchun orombaxsh” xizmatlarni sotayotgan ayollar O‘zbekistonning turli hududlaridan keladi. Ular orasida bu ish bilan oilalari roziligi bilan shug‘ullanayotganlari ham bor, deydi “Gulnora”.

- Hamma joydan keladi, o‘zlari keladi. Eri bori ham ishlaydi bizda. Eri bor. Eri boshqa kvartirada yashaydi, xotini bu yerda. O‘zining eri sotadi. Bu yerga kelib 15 ming oylik olib bir oy ishlab qizlar, 3000 kvartira puli, 3000ni yo‘lkira qilib qolgani nima 100 dollar uyga jo‘natadimi? deydi samarqandlik “Gulnora”.

O‘zbekistonda fohishabozlik noqonuniy hisoblanadi va buning uchun ma‘muriy jazo ko‘zda tutilgan. Hukumat odam savdosi va o‘zbekistonlik ayollarning xorijda fohishalik bilan shug‘ullanishiga qarshi ko‘rayotgan chora o‘laroq mamlakatdan tashqariga chiqayotgan 18-35 yoshdagi ayollardan xorijda fohishalik bilan shug‘ullanmaslik to‘g‘risida tilxat olish amaliyoti joriy qilingan. Bundan tashqari 18-35 yosh oralig‘idagi ayollar xorijga chiqish vizasini olishlari uchun mahalla qo‘mitalaridan xarakteristikani ham taqdim etishlari talab qilinadi.
XS
SM
MD
LG