Линклар

Dzyudo bo‘yicha Toshkentda o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik ikki sportchi oltin medalni qo‘lga kiritdi.

90 kilogrammgacha bo‘lgan vazndagi final bellashuvida Dilshod Choriyev tojikistonlik Parviz Sobirovni yengdi.

100 kilogrammgacha vazndagi bellashuvda esa Ramziddin Saidov eronlik dzdochi Javod Manjuba ustidan ishonchli g‘alaba qozondi.

O‘zbekiston deyudo terma jamoasi ikkita oltin va ikkita bronza medalini qo‘lga kiritib jamoalar orasida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Musobaqada hozircha birinchi o‘rinni Janubiy Koreya, ikkinchi o‘rinni Yaponiya va uchinchi o‘rinni Mo‘g‘iliston jamoalari egallab turibdi.

Toshkentddagi Osiyo chempionatida 26 davlatdan qariyb 200 nafar dzyudochi ishtirok etmoqda.
XS
SM
MD
LG