Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:22

O‘zbek san‘atkorlari firibgarlardan ogohlantirildi


Ozodbek Nazarbekov va Shukrullo Isroilovning AQShdagi kontserti afishasi.
Ozodbek Nazarbekov va Shukrullo Isroilovning AQShdagi kontserti afishasi.

“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi san‘atkorlarni xorij mamlakatlariga kontsert uchun borganda firibgarlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

Birlashma matbuot xizmati 28 aprel kuni tarqatgan xabarga ko‘ra, san‘atga aloqasi bo‘lmagan shaxslar xorij mamlakatlarida, jumladan, AQShda kontsert o‘tkazish yuzasidan xonandalar bilan muzokaraga kirishib, aldov yo‘li bilan ulardan pul undirishi holatlari ro‘y bermoqda.

Shu munosabat bilan, “O‘zbeknavo” xorijda kontsert taklifi bilan chiqqan shaxs haqida aniq axborotga ega bo‘lmay turib shartnomaga imzo chekmaslikni talab qilgan.

“O‘zbeknavo”ga ko‘ra, san‘atkorlar xorij safari va uning tashkilotchisi haqida birlashma bilan maslahatlashishi zarur.

“Mo‘may daromad ilinjida firibgarlar qo‘liga tushib qolgan san‘atkorlar” haqidagi xabarda aynan qaysi xonandalar chuv tushgani ochiqlanmagan.

Shu bilan birga, “O‘zbeknavo” san‘atkorlarni xorij safariga chiqishdan avval birlashmaga rasmiy bildirishnoma berishi zarurligini ham eslatgan.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatdagi san‘atkorlarni nazorat qiluvchi mazkur idora 26 aprel kuni Birlashgan Arab Amirliklariga iznsiz borib kelgani uchun taniqli xonanda Botir Qodirovni litsenziyadan mahrum qilgandi.

Shuningdek, ayni kunlarda o‘zbek estradasining eng mashhur vakillaridan biri Ozodbek Nazarbekov va qiziqchi Shukrullo Isroilov gastrol bilan Qo‘shma Shtatlarning bir necha shaharlarida kontsert bermoqda.
XS
SM
MD
LG