Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:38

Bangladesh O‘zbekistondan paxta sotib olmoqchi


Bangladesh Savdo vaziri G‘ulom Husayn boshchiligidagi delegatsiya 2012 yil 5-8 may kunlari O‘zbekistonga safar qiladi.

Tashrif chog‘ida o‘zaro savdo aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama etilishi rejalangan.

Financial Express nashri xabariga ko‘ra, delegatsiyaning Toshkentga tashrifi chog‘ida Bangladesh-O‘zbekiston qo‘shma komissiyasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Muzokaralarda O‘zbekistondan paxta import qilish va Bangladeshda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni O‘zbekistonga eksport qilishga asosiy e‘tibor qaratilishi kutilmoqda.

Export Promotion Bureau ma‘lumotiga ko‘ra, o‘tgan yil Bangladesh O‘zbekistonga 2,576 million dollarlik tekstil mahsulotlari eksport qilgan.

Bu yuqori darajali Bangladesh delegatsiyasining O‘zbekistonga ilk tashrifidir.
XS
SM
MD
LG