Линклар

logo-print
Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari Norber Yusten 30 aprel kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiylari bilan uchrashdi.

Vazirlik ma‘lumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan qator masalalar muhokama qilingan.

YeI elchisi O‘zbekiston TIV rasmiylari bilan oxirgi marta 20 yanvar kuni uchrashgan edi.

Hozir YeI O‘zbekiston tashqi savdosida ikkinchi o‘rinni egallagan.

O‘tgan yil yanvar-avgust oylarida o‘zaro savdo hajmi 2010 yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 30 foizga ko‘payib, 1,6 milliard AQSh dollarini tashkil qilgan.

O‘zbekistonda YeI davlatlari bilan tuzilgan 841ta qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda.
XS
SM
MD
LG