Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:05

Bekobod sement zavodi rahbariyati qamalgani ma‘lum bo‘ldi


Bekobod sement zavodiga 2010-11 yillarda rahbarlik qilgan Rossiya fuqarosi Sergey Nikitin bir yil avval mazkur korxona mol-mulkini talon-taroj qilganlik va davlatga katta miqdorda zarar keltirganlik aybi bilan qamalgani ma‘lum bo‘ldi.

Gorizont.uz nashriga ko‘ra, sobiq direktor Nikitin qo‘li ostidagi sheriklari bilan hamkorlikda sementmaxsulotlarini yashirincha sotib, daromadni o‘zlashtirib kelgan.

Zavod xodimlaridan biri Sergey Nikitin va uning sheriklari qamalganini tasdiqladi.

- Nikitin qamalgan. Adashmasam, 7 yilga kesilgan. Bir yildan oshib qoldi bu hodisaga. Hozir u qamoqda jazo muddatini o‘tayapti,- dedi Bekobod sementzavodining o‘z ismini aytmagan xodimlaridan biri.

Tergovchilar Rossiya fuqarosi bo‘lgan Nikitin o‘zi rahbarlik qilgan Bekobod sementhissadorlik jamiyati moliyaviy direktori Qozog‘iston fuqarosi Oygul Jamiyeva, zavodning huquqiy maslahatchisi Shavkat Bozorov, zavodning tijoriy direktori muovini Husan Sarimsoqov va boshqalar bilan til biriktirib, zavod mulkini o‘g‘irlagan, degan xulosani bergan. Aytilishicha, o‘zlari ishlab chiqqan sxema asosida noqonuniy daromad orttirib kelganlar.

Gorizont.uz nashrining yozishicha, sobiq direktor Nikitin boshchiligidagi guruh Jizzax viloyati Zafarobod tumanidagi Biliqtau konidan qazib olingan tsementni yashirincha sotib, daromadni o‘z hamyonlariga urib kelgan.

Shuningdek, jinoiy guruh Respublika Bojxona hizmati hamda Markaziy bankdagi sheriklari yordamida sementmaxsulotlarini noqonununiy yo‘llar bilan chetga sotish bilan ham shug‘ullanib kelgan, deyiladi shu hafta oshkor bo‘lgan xabarda.

Bekobod sementzavodi hodimlaridan biri "jinoiy to‘daga aloqador ayrim shaxslar hibsga olingani, ayrimlari ishdan bo‘shatilgani"ni ma‘lum qildi Ozodlikka.

- Hozir zavodga yangi rahbar tayinlangan. Zoyev Aleksandr Anatolevich. Zavodda hozir vaziyat ancha yaxshilanib qoldi, hamma ish maromida,- dedi Bekobod sementxodimlaridan biri.

Rossiyaning Orenburg viloyatidan bo‘lgan Sergey Nikitin 2010 yilda Bekobod sement zavodiga rahbar etib tayinlangan.

Bekobod sementzavodining avvalgi rahbari Alik Nuriddinov ham 2010 yilda korxona mulkini talon-taroj qilganlikda ayblanib, hibsga olingan.

O‘sha yili “Qizilqumtsement” birlashmasi direktori Rajabboy Jumanazarov ham o‘ziga nisbatan jinoiy ish ochilishi ortidan mamlakatdan qochib ketgandi.

1995 yilda Bekobod sementkombinati negizida tashkil topgan zavodda yiliga 714 ming tonna sementishlab chiqariladi.

Hozirda O‘zbekistonda jami oltita sementzavodi bor. “Qizilqumtsement”, “Ohongarontsement” va “Quvasoytsement” respublikada tsemnt ishlab chiqaruvchi eng yirik korxonalar hisoblanadi.

O‘zbekistonda yiliga 7 million tonna sementishlab chiqariladi. Mazkur sohani O‘zbekistonda hokimiyatga yaqin nufuzli moliyaviy guruhlardan biri nazorat qilishi aytiladi.
XS
SM
MD
LG