Линклар

logo-print
Bugun O‘zbekistonning uch futbol klubi - "Paxtakor", "Nasaf" va "Bunyodkor" jamoalari Osiyo Chempionlar Ligasi gurux bosqichi 5-tur uchrashuvlarini o‘tkazishadi.

Toshketning "Paxtakor" klubi o‘z uyida Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubiga qarshi maydonga tushadi. Qarshining "Nasaf" jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarida mahalliy "Al Jazira" klubi mehmoni bo‘ladi. Mirjalol Qosimov yetakchiligidagi "Bunyodkor" esa Avstraliyada "Adelaida Yunayted" jamoasiga qarshi oynaydi.

Toshkentdagi "JAR" stadionida o‘tadigan "Paxtakor"-"Al Ittixod" uchrashuvi mahalliy vaqt bilan soat 18:30 da boshlanadi.

Stadionga kela olmaganlar o‘zbek klublari ishtirokidagi barcha uchrashuvni O‘zbekistonning "Sport" telekalanali orqali jonli efirda tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi.
XS
SM
MD
LG