Линклар

logo-print
Taniqli Facebook Internet ijtimoiy tarmog‘i o‘z foydalanuvchilariga yangi funktsiyani taklif etdi.

Uning yordamida tarmoqdagilar tana a‘zolari donori sifatida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Facebook asoschisi Mark Tsukerbergning aytishicha, bu bilan ijtimoiy tarmoq talab taklifdan bir necha baravar yuqori bo‘lgan donorlik xizmatining rivojlanishiga o‘z xissasini qo‘shmoqchi.

2004 yilda asos solingan Facebook sayti bugunning eng yirik onlayn ijtimoiy tarmog‘idir. Unda qariyb 850 million foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan.

Tarmoqdagi o‘zbekistonliklarning soni 130 ming kishiligi aytiladi.
XS
SM
MD
LG