Линклар

Foxishalikka majburlangan o‘zbek ayoli ishi sudda ko‘rilmoqda


O‘zbekistonlik ayollar nafaqat Birlashgan Arab Amirliklari, balki Rossiya, Hindiston, Isroil, Janubiy Koreya, Tayland, Malayziya, Turkiya va Osiyoning boshqa mamlakatlarida fohishalik qilayotgan o‘zbekistonlik ayollar soni ko‘paygani kuzatilmoqda.

O‘zbekistonlik ayollar nafaqat Birlashgan Arab Amirliklari, balki Rossiya, Hindiston, Isroil, Janubiy Koreya, Tayland, Malayziya, Turkiya va Osiyoning boshqa mamlakatlarida fohishalik qilayotgan o‘zbekistonlik ayollar soni ko‘paygani kuzatilmoqda.

Birlashgan Arab Amirliklariga enagalik qilish uchun borgan 23 yashar o‘zbekistonlik ayolni foxishalik qilishga majburlagan yurtdoshlari sudga tortildi.

Birlashgan Arab Amirliklarida chiqadigan Gulfnews nashrining yozishicha, 23 yashar o‘zbekistonlik ayolni enagalik qilasan degan aldov va‘dalar bilan Dubayga taklif etib, foxishalikka majburlaganlikda gumonlanayotgan uch qo‘shmachi ustidan seshanba kuni mahkama jarayoni boshlangan.

Sudga tortilgan qo‘shmachi ayollar ham o‘zbekistonlik. Asosiy gumondor ekani aytilayotgan 50 yashar o‘zbekistonlik ayol o‘z yurtdoshini Dubayning Muraqqabat mavzesida islovotxona yurituvchisi bo‘lgan 51 yashar eronlik erkak sherigi bilan birga chaqirtirib fohishalikka majburlagan.

Dubayga vaqtinchalik viza bilan kelgan 23 yashar o‘zbekistonlik jabrlanuvchi ayolning sudda ko‘rsatma berishicha, qo‘shmachilar farzandlariga enagalik qilishi uchun oyiga 700 dollarlik oylik va‘da qilgan.

Bu taklifni hech ikkilanmasdan qabul qilgan o‘zbekistonlik ayol o‘tgan yilning oktyabr oyida yo‘l puli va viza harajatlari uchun 500 dollarni o‘z hamyonidan to‘lab Birlashgan Arab Amirliklariga kelgan.

Dubay xalqaro aeroportiga kelishi bilan ikki o‘zbekistonlik ayol uni kutib olgan. O‘sha yerning o‘zida kutib olgan ayollar uning qo‘lidan pasportini tortib olib, foxishalik qilasan, istamasang 20 ming dollar to‘laysan, deb po‘psa qilishadi.

"Bo‘ysunmasang o‘ldiramiz, deb kaltaklab qo‘rqitishadi va ohiri foxishlaik qilishga majburlashdi",- deya ko‘rsatma berdi mahkamada o‘zbekistonlik jabrlanuvchi.

Dubayga borganining ertasi kuni o‘zbekistonlik bosh qo‘shmachi ayol hamroxligida qiz Deira mehmonxonasi diskotekasiga olib borilgani va u yerda 1 ming drahamga (taxminan 270 AQSh dollari) bir erkakka hizmat ko‘rsatganini ham mahkamada aytib bergan.

Bir kun o‘tib, o‘zbekistonlik jabrdiyda yana bir mijozning "hojatini qondirgan". Pulni qo‘shmachi hamyoniga urgan. Uchinchi kuni ichib olgan erkak ayolni mehmonxonada zo‘rlagan.

Ertasi kuni ertalab mehmonxona yotog‘ida uyg‘ongan ayol pasportini mehmonxona qabulxonasidan so‘rab olib, taksida to‘g‘ri politsiyaga yo‘l oladi va bo‘lib o‘tgan hodisani ularga so‘zlab beradi.

O‘zbekistonlik ayollarning Birlashgan Arab Amirliklarida foxishalik bilan bog‘liq vaziyatlarda mahkamaga tortilishi birinchi marta kuzatilayotgani yo‘q.

O‘tgan yil Birlashgan Arab Amirliklarida odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarda gumonlangan 38 yoshli o‘zbekistonlik ayol mahkamaga tortilgan va mamlakatdan badarg‘a etilgan edi.

Keyingi 10-15 yil ichida nafaqat Birlashgan Arab Amirliklari, balki Rossiya, Hindiston, Isroil, Janubiy Koreya, Tayland, Malayziya, Turkiya va Osiyoning boshqa mamlakatlarida fohishalik qilayotgan o‘zbekistonlik ayollar soni ko‘paygani kuzatiladi. Ularning bu mamlakatlarda qo‘lga olingani haqidagi xabarlar so‘nggi paytlarda tez-tez paydo bo‘lmoqda.
XS
SM
MD
LG