Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:20

O‘zbekiston – senzura eng kuchli davlat


Markazi Nyu Yorkda joylashgan Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi O‘zbekistonni matbuot eng kuchli senzura qilinayotgan o‘n davlat ro‘yxatiga kiritdi.

Dunyo matbuotidagi senzura ahvoliga oid yillik hisobotini e‘lon qilgan Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasiga ko‘ra¸ O‘zbekistonda jurnalistlar doimiy tazyiq va ta‘qib ostida yashab¸ ishlamoqdalar.

Qo‘mita direktori o‘rinbosari Robert Mahoniyning bildirishicha¸ O‘zbekiston nafaqat postsovet hududi¸ balki butun dunyoda davlat tsenzurasining shavqatsizligi bilan ajrab turadi.

- O‘zbekiston ichkarisida mustaqil ommaviy axborot vositasi qolmagan. Tashqaridan turib faoliyat yurg‘izayotgan mustaqil matbuot nashrlari sayti to‘silgan¸ hatto O‘zbekistonga oid muhim so‘zlar ham bo‘g‘ib qo‘yilgan. Ayni kunlarda kamida besh nafar muxbir o‘z faoliyati uchun uzoq muddatlik qamoq jazosini o‘tamoqda. Xorij jurnalistlari mamlakatdan haydab chiqarilgan¸ deydi “Dunyodagi eng kuchli senzura o‘rnatilgan 10 davlat” ro‘yxatini taqdim etgan Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi rasmiysi.

Mazkur o‘nlikka O‘zbekiston barobarida sobiq ittifoq davlatlaridan Turkmaniston¸ Ozarbayjon va Belarus kiritildi.

Eritreya¸ Shimoliy Koreya¸ Suriya¸ Eron¸ Birma¸ Saudiy Arabistoni¸ Kuba¸ Ekvatorial Gvineya kabi davlatlar Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi tomonidan dunyoda erkin matbuotni eng ko‘p toptayotgan davlatlar sirasiga kiritildi.

Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasining mazkur hisoboti 3 may kuni nishonlaniladigan Jahon Matbuot erkinligi kuni arafasida e‘lon qilindi.

Mazkur sana arafasida dunyodagi matbuot vaziyatiga oid yangi yillik hisobotini e‘lon qilgan Freedom House – Ozodlik uyi tashkiloti ham O‘zbekistonni matbuoti mutlaq erkin bo‘lmagan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi.

O‘zbekiston 197 davlatdagi vaziyat tadqiq etilgan mazkur hisobotning 195-pog‘onasiga qo‘yildi.
XS
SM
MD
LG