Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:00

Bahs maydoni: Nurchilar o‘zbek jamiyatiga xavf soladimi?


"Nurchilar" oqimiga aloqadorlikda ayblangan yoshlar ustidan o‘tkazilgan sud O‘zbekiston televideniyesida yoritildi.
"Nurchilar" oqimiga aloqadorlikda ayblangan yoshlar ustidan o‘tkazilgan sud O‘zbekiston televideniyesida yoritildi.

Keyingi yillarda O‘zbekistonda diniy sabalarga ko‘ra qamalayotganlar safiga "nurchilar" diniy oqimiga aloqadorlikda ayblanib jazolanayotgan ziyoli yoshlar qo‘shilmoqda. Bundan tashqari o‘tgan yili O‘zbekistonda faoliyat olib borgan turkiyalik tadbirkorlarning biznesi tortib olinib, mamlakatdan haydalishiga "iqtisodiy jinoyatlar"dan tashqari "nurchilar" diniy oqimiga aloqadorlik ayblari ham sabab bo‘ldi. Bahs maydonining bugungi mavzusi O‘zbekiston hukumati milliy xavfsizlikka tahdidlar sirasiga "nurchilar" hodisasini qo‘shishi ortidagi sabablar haqida.

So‘nggi ikki yil davomida O‘zbekistonda “nurchilik”da ayblanib, o‘nlab ziyoli yoshlar qamaldi.

2010-2011 yillar davomida O‘zbekistondagi turk litseylarida o‘qigan juda ko‘p ilmli va ziyoli yoshlar ham “nurchilik” diniy oqimiga aloqadorlikda ayblanib, guruh-guruh qamoqqa tashlandi.

Ta‘lim va madaniyat sohasida ishlaydigan bu yoshlarga “nurchilik” diniy oqimi g‘oyalarini O‘zbekistonda tarqatish ayblari qo‘yildi.

Ozodlik 24 aprel kuni O‘zbekistondagi “Turkuaz” rahbari turkiyalik Vohid Gunesh 9,5 oylik hibsdan so‘ng uyiga qaytgani haqida xabar bergan edi.

Vohid Gunesh yetakchilik qilgan "Turkuaz" shirkatiga qo‘yilgan ayblovlar orasida “Savdo markazida namozxonalar borligi, diniy kitoblar borligi, Mustafo Kamol Ota turkning surati chiqqani, Qur‘oni karim chiqqani aytildi va bular katta aybdek talqin qilindi”, deydi Vohid Gunesh Ozodlik bilan suhbatda.

Xo‘sh, O‘zbekiston milliy xavfsizligiga tahdid sifatida ko‘rsatilayotgan "nurchilar" oqimi, haqiqatan ham real tahdidmi, yo keragidan ortiq bo‘rttirilganmi?

Bahs maydoni qatnashchilaridan biri O‘zbekiston hukumatining xavotirlarida asos bor, desa, boshqa ishtirokchi o‘zgacha fikrni yoqlaydi.

Bu masalada O‘zbekiston hukumati pozitsiyasini to‘la quvvatlovchi Ahmadjon Komilov Germaniyada o‘qiydi. U ham "nurchilik"da ayblanib qamalgan yoshlarning ko‘pchiligi kabi O‘zbekistondagi turk litseyilaridan birida ta‘lim olgan.

AQShda yashayotgan Bahodir Fayz bu fikrga qo‘shilmaydi. Uning fikricha, O‘zbekistonda ilmli yoshlarning nurchilikda ayblanib qamalishi va turk sarmoyadorlarining haydalishi ortida boshqa sabablar bor. Bahodir Fayz Turkiyada tahsil olgan.

Bahs maydonining to‘liq variantini quyida tinglang:

XS
SM
MD
LG