Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:24

Avstriya Ukrainadagi futbol o‘yinlarini boykot qiladi


Sobiq Bosh vazir Yuliya Timoshenkoga nisbatan qamoqxonada qilinayotgan noqonuniy munosabatga norozilik tariqasida Avstriya hukumati ham Ukrainada o‘tadigan Yevro-2012 futbol o‘yinlarini boykot qilajagini bildirdi.

Avstriya Tashqi ishlar vaziri Maykl Shpindeleggerga ko‘ra¸ 8 iyun kuni boshlanadigan Yevropa futbol bellashuvida biror Avstriya rasmiysi ishtirok etmaydi.

Ukraina hukumatining sobiq g‘arbparast rahbari Yuliya Timoshenko o‘z xizmat vakolatlarini suiste‘mol qilishda ayblanib¸ 7 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.

Yaqinda o‘zining qamoqxona nozirlari tomonidan kaltaklanganini da‘vo qilgan Yuliya Timoshenko bunday muomalaga qarshi norozilik tariqasida ochlik e‘lon qildi.

Timoshenkoning siyosiy asosda jazolanganini ta‘kidlayotgan Yevropa ittifoqi rahbarlari uning qamoqxonadagi sharoiti xususida xavotir bildirmoqda.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra¸ Germaniya rasmiylari ham Ukrainada o‘tadigan bu yilgi Yevropa futbol musobaqalarini boykot qilish ehtimolini ko‘rib chiqmoqda.
XS
SM
MD
LG