Линклар

Germaniya va Italiya olimlari dunyodagi eng qadimiy inson qoni izlarini topishga muvaffaq bo‘ldilar.

Italiyaning Bolzano shahridagi Mo‘miyolar va muz davri odamlarini o‘rganish instituti xodimlari shunday bayonot berdilar.

Ularga ko‘ra¸ 1991 yilda Alp tog‘laridagi muzlik ostidan topilgan 5300 yillik ibtidoiy odam jasadini o‘rganish jarayonida ular shunday topilmaga duch kelganlar.

Kamon o‘qidan nobud bo‘lgan taxminan 45 yoshlar atrofida bo‘lgan bu jasaddan o‘q ajratib olinganda¸ olimlar o‘qda qizil qon tanachalari izi borligini aniqlaganlar.

Britaniyadagi nufuzli ilmiy jurnalda chop etilgan bu yangilik¸ sud-tibbiy ekspertiza ilmini rivojlantirishda yangi davrni boshlab berishi mumkin.
XS
SM
MD
LG