Линклар

logo-print
Toshkenting “Paxtakor” futbol klubi 2 may kuni “Jar” stadionida Saudiya Arabistoning “Al Ittihod” jamoasiga mag‘lub bo‘ldi.

Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi o‘yinlari doirasida o‘tgan o‘yinda 1:2 hisobi qayd etildi.

O’yindagi hisobni mehmonlar 60-daqiqada ochib berishdi. Golga “Al Ittihod” hujumchisi Hazazi mualliflik qildi.

68-daqiqada “Paxtakor” hisobni tenglashtiridi. Irakli Klimiashvili uzoqdan turib to’pni darvoza uzoq burchagiga joyladi.

Irakli Klimiashvili goli



O’yin 70-daqiqasida esa “Paxtakor” maydonda 10 kishi bo’lib qoldi. Raqib hujumchisini qo’li bilan ushlab qolgani uchun Yegor Krimets maydondan chetlatildi.

Ammo qo’shib berilgan vaqtda arablar hisobni 1:2 ga yetkazishdi. “Al Ittihod” vakili Muhammad Abusaban jarimadan oshirilgan topni boshi bilan “Paxtakor” darvozasiga yo’lladi.


O‘zbekistonning Osiyo Chempionlar Ligasida qatnashayotgan yana ikki jamoasi – “Nasaf” va “Bunyodkor” uchun ham kecha o‘tkan o‘yinlar muvaffaqiyatsiz bo‘ldi.

Qarshining “Nasaf” jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarida “Al Jazira” jamoasiga yirik 4:1 hisobi bilan mag‘lub bo‘ldi.

Mirjalol Qosimov yetakchiligidagi Toshkentning “Bunyodkor” klubi esa Avstraliyada “Adelaida Yunayted” jamoasi bilan durang qayd etdi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG