Линклар

Afg‘onistonda O‘zbekiston Islomiy harakati yetakchilaridan biri qo‘lga olingani xabar qilinmoqda.

Afg‘onistondagi xalqaro koalitsiya qo‘mondoligiga tayanib, Regnum agentligining xabar qilishicha, Qunduz viloyatining Imon Sohib tumani yaqinida xalqaro va mahalliy kuchlar o‘tkazgan qo‘shma amaliyot natijasida qo‘lga olingan O‘IH yetakchisi “butun mintaqada xalqaro va afg‘on xavsizlik kuchlariga qarshi terror hurujlarini rejalashtirib amalga oshirgan va Afg‘oniston mulozimlarini o‘ldirish maqsadida fitnalar uyushtirganlikda gumon qilinmoqda”.

U bilan birga yana ikki janggari qo‘lga olinib, bitta AK-47 avtomati va qurol aslaxalar musodara qilingan.

O‘tgan oy boshida xalqaro koalitsiya kuchlari O‘IHning Afg‘onistondagi yetakchilaridan biri Usmoni Sohibni o‘ldirgan edi.
XS
SM
MD
LG