Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:56

Erkin bo‘lmagan jamiyatda erkin so‘zga joy bormi?


Jahon matbuot erkinligi kunida Gruziya poytaxti Tbilisida o'tgan namoyish.
Jahon matbuot erkinligi kunida Gruziya poytaxti Tbilisida o'tgan namoyish.

3 may - Jahon matubot erkinligi kuni. Bu kunda so‘z va ifoda erkinligi bilan bog‘liq muammolarga qayta nazar solinadi, ovozi bo‘g‘ilganlar, haq so‘zni aytgani uchun qamoqqa tashlangan jurnalistlar yana bir esga olinadi.

Eng muhimi¸ so‘z erkinligi demokratik jamiyatning asosiy tamoyillaridan biri ekani yana ta‘kidlaniladi.

Dunyoda so‘z erkinligi ta‘minlangan mamlakatlar sonidan ko‘ra so‘z erkinligi bo‘g‘ilgan mamlakatlar soni ozroq.

Shimoliy Koreya, Kuba, Turkmaniston, Belarus...

O‘zbekiston ham so‘z erkinligi bo‘g‘ilgan mamlakatlar o‘nligida¸ mana 20 yildirki¸ sobit o‘rin olib kelmoqda.

3 may arafasida birdaniga uchta xalqaro tashkilot O‘zbekistonni erkin matbuot dushmani deb e‘lon qildi.

Ozodlik uyi¸Chegara bilmas muxbirlar¸ Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi hisobotlarida O‘zbekiston matbuotni tsenzura qilayotgan 10 davlatdan biri¸ erkin matbuot kushandasi deya baholandi.

Muhammad Solih va Galima Buxorboyeva Bryusseldagi namoyishda birgalikda shior ko‘tarishdi. 2006 yil¸ 13 may.
Muhammad Solih va Galima Buxorboyeva Bryusseldagi namoyishda birgalikda shior ko‘tarishdi. 2006 yil¸ 13 may.
O‘zbekistondagi so‘z va matbuot erkinligi vaziyati bilan bog‘liq vaziyatni "Qurultoy" dasturida O‘zbekiston Erk demokratik partiyasi lideri Muhammad Solih¸ Uznews.net nashri bosh muharriri Galima Buxorboyeva¸ taniqli rassom Vyachislav Oxunov muhokama qildi.

Shuningdek bu eshittirishda islomiy g‘oyalarga moyil yoshlar vakili sifatida AQShda istiqomat qilayotgan Ahmadjon Rahimov ham ishtirok qildi.

Ahmadjon Britaniyada oliy tahsil olib¸ AQShda ishlamoqda. Ahmadjon Shimoliy Amerika Islom kengashi a‘zosi.

Nega bugun O‘zbekiston so‘z erkinligi bo‘g‘ilayotgan, jurnalistlar qamoqda jazo o‘tayotgan mamlakatga aylandi?

Aksar suhbatlarda O‘zbekistonda so‘z erkinligi bo‘lishi uchun erkin jamiyat bo‘lishi lozim degan xulosa chiqariladi.

Ayni paytda O‘zbekiston tashqarisida¸ erkin¸ liberal jamiyatlarda yashayotgan o‘zbekistonliklarda ham erkin matbuotga toqatli bo‘lish malakasi yetishmayotgani aytiladi.

Nemis shoiri Henrih Heyne “Agar itning og‘zini boylab qo‘ysangiz, u orqasi bilan huradi” deb yozgan edi.

"Qurultoy" qatnashchilari O‘zbekiston ichida ovozi bo‘g‘ilgan va tashqaridan turib munozara qilishga urinayotgan o‘zbek matbuoti muammolaridan gapirishdi.

Bundan 21 yil oldin O‘zbekiston parlamentida nutq so‘zlayotgan muxolifatchi Muhammad Solihning mikrofoni o‘chirib qo‘yildi va unga bu minbardan gapirish boshqa nasib qilmadi.

O‘shanda Solih 18-asr frantsuz faylasufi Fransua Mari Volterning "Men sizning fikrlaringizga qo‘shilmayman, biroq ularni ochiq ayta olishingiz uchun jonimni berishga tayyorman¸”degan gapini aytishga og‘iz juftlagan edi.

"Qurultoy" davomida Muhammad Solihga hali ham Volterning bu fikrlari bilan hamfikrmisiz¸ degan savolni berdik.

Muhammad Solihning bu savolga javobi va boshqa fikrlarni "Qurultoy" eshittirishda tinglash mumkin.

XS
SM
MD
LG