Линклар

logo-print
Samsung shirkati 3 may kuni Londonda o'tkazilgan tadbirda yangi mobil telefoni - Galaxy S III smartfonini e'lon qildi.

Android operatsion tizimi shaydolari oshiqib kutgan yangi mobil telefoni Samsung ning asosiy "gadjet"iga aylanishi tahmin qilinmoqda.

Galaxy S III smartfonida ko'zga tashlandigan birinchi narsa albatta uning 1280 ga 720 pikselga ega bo'lgan 4,8 dyuymli Super AMOLED ekranidir. Mutahassislarga ko'ra, ekranda ishlatilgan yangi texnologiyalar grafik tasvirni yuqori aniqlik bilan ko'rsata oladi.

Smartfonga o'rnatilgan xotira 16, 32 va 64 gigabaytga teng bo'ladi. Biroq unda MicroSD xotira kartasi uchun slot ham bor. Telefon korpusi esa ikki rangda - ko'k va oq bo'lishi aytilmoqda.

Apparat Android 4.0 operatsion tizimi asosida ishlaydi. Unga o'rnatilgan kameralarning soni ikkita. Orqa paneldagi kamerasi 8 megapiksellik, old tomonidagi kamerasi esa 1,9 megapiksellikdir.

Ikkala kamera ham HD formatda video olish imkoniga egaligi aytilmoqda. Orqa kamera soniyasiga 8 surat olishi mumkin. Old tomonidagi kamerasi "face detection", ya'ni odam yuzini aniqlay olish funksiyasiga ega.

Ushbu funksiya apparat bataretyasini tejashda yordam berishi aytilmoqda. Chunki foydalanuvchi telefonga qaramagan vaqtda ekran o'chib qoladi.

Smartfonning og'irligi 133 gramm va korpusining qalinligi esa 8,6 millimetrga teng.

Apparatda 8 tilni tushuna oladigan ovoz bilan boshqarish funksiyasi ham o'rnatilgan.

Yangi smartfon may oyi ohirida Yevropa magazinlarida sotuvga chiqishi aytilmoqda. Galaxy S III ning O'zbekiston bozoriga qachon kelishi hozircha aniq emas.

Smartfoning narxi qancha bo'lishi to'g'risida hozircha aniq ma'lumot yo'q. Biroq mutahassislar tahminiga ko'ra, "unlocked", ya'ni muayyan mobil operatoriga ulanmagan Galaxy S III ning boshlanish narxi 700$ bo'ladi.

Qator texno-bloglarga ko'ra, Samsung nign Galaxy S III smartfoni mobil telefonlar bozorida Apple shirkatining mashhur iPhone 4S smartfoniga asosiy raqib bo'ladi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG