Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:54

O'yinchini kaltaklagan italiyalik futbol murabbiyi ishdan olindi


Italiyaning "Fiorentina" futbol klubi bosh murabbiyi Delio Rossi o'z jamoasi o'yinchisini kaltaklagani uchun lavozimidan bo'shatildi va uch oyga futbol faoliyatidan chetlatildi.

Delio Rossi va yarim himoyachi Adem Lyaich o'rtasidagi voqea 2 may kuni A seriyasining 36-turida "Novara" klubiga qarshi o'tkan o'yinda ro'y berdi.

O'yin sur'atidan qoniqmagan murabbiy uchrashuvning 32 daqiqasida serbiyalik yarim himoyachini zahiradagi o'yinchiga almashtirishga qaror qildi.

Maydondan zahira orindig'iga chiqib ketayotgan Lyaich jamoa murabbiyiga nisbatan kinoyomuz tarzda qarsak chaldi. Bu harakatdan g'azablangan murabbiy o'yinchiga tashlandi.



Janjalga jamoadoshlar aralashganiga qaramasdan Rossi Lyaich yuziga bir necha bor musht tushirgani aytilmoqda.

2:2 hisobi bilan yakunlangan o'yindan so'ng "Fiorentina" klubi sohibi Andrea Della Valle murabbiy hatti-harakatlarini qoraladi va uning ishdan bo'shatilganini e'lon qildi.

"Fiorentina"ning yangi murabbiyi etib jamoa sobiq menedjeri Vinchenso Gerini tayinlangani xabar qilinmoqda.

Murabbiyga tanbeh bergan futbolchi Adem Lyaichga nisbatan ham distsiplinar choralar qo'llanishi mumkin.
XS
SM
MD
LG