Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:19

Ueyn Runi Premyer-liga tarixidagi eng chiroyli gol muallifi deb topildi


Eng chiroyli gol sohibi Ueyn Runi va ushbu golga assistenlik qilgan Patris Evra (chapda).
Eng chiroyli gol sohibi Ueyn Runi va ushbu golga assistenlik qilgan Patris Evra (chapda).
"Manchester Yunayted" futbol klubi hujumchisi Ueyn Runi (Wayne Rooney) goli Angliya Premyer-ligasining 20 yillik tarixida kiritilgan eng chiroyli gol deb topildi.

Premyer-liga rasmiy veb-sahifasida o'tkazilgan online so'rovda Runining 2011 yil 12 fevralda "Manchester Siti" klubi darvozasiga urgan goli 300 mingdan ziyod ovoz bilan birinchi o'rinni oldi.

So'nggi 20 yil ichida kiritilgan eng chiroyli gollar bo'yicha ikkinchi o'rinni "Arsenal" jamoasi safida faoliyat yuritgan Dennis Berkampning 2002 yil mart oyida "Nyukasl" klubi darvozasig urgan goli egalladi.

Uchinchi o'rinda esa "Arsenal"ning yana bir o'yinchisi - Tyerri Anrining 2000 yili "Manchester Yunayted" darvozasiga kiritgan goli joy oldi.


So'rovda qatnashgan barcha gollar to'plami:




Online so'rov Angliya Premyer-ligasining 20 yillik yubileyi munosabati bilan tashkil qilindi.

Angliya Premyer-ligasi 1992 yilda tashkil topgan professional futbol ligasidir. U mamlakat futbol tizimidagi eng yuqori divizion hisoblanadi. Unda 20 ta klub qatnashadi. Liga chempionati avgust oyidan may oyigacha davom etadi va har bir klub bir mavsumda jami 38 uchrashuv o'tkazadi. Premyer-liganing rasmiy homiysi Barclays Bank bo'lganligi uchun ushbu turning rasmiy tarzda Barclays Premyer-ligasi, deb nomaladi..
XS
SM
MD
LG