Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:35

Frantsiya prezident saylovida Sarkozi yutqazdi


Ekzit poll natijalariga ko‘ra, Fransua Olland Nikolya Sarkozini mag‘lub etdi.
Ekzit poll natijalariga ko‘ra, Fransua Olland Nikolya Sarkozini mag‘lub etdi.

Frantsiyadagi prezidentlik saylovi natijalari Sotsialistik partiya nomzodi Fransua Olland iqtidordagi prezident Nikolya Sarkozini mag‘lub etganini ko‘rsatmoqda.

Berilgan ovozlarning to‘rtdan uch qismi sanab bo‘lingani va dastlabki natijalarga ko‘ra, Fransua Ollan 52 foiz ovoz bilan Frantsiya Respublikasi prezidenti lavozimi uchun poygada 48 foiz ovoz to‘plagan iqtidordagi prezident Nikolya Sarkozini ortda qoldirgan.

Saylovdan avval o‘tkazilgan so‘rovlar ham to‘rt foizlik farq bilan Ollandning g‘alabasini bashorat qilayotgan edi.

Yakshanba kungi ovoz berishda 80 foizdan ortiq saylovchi qatnashdi.

Saylovning 22 aprel kuni o‘tkazilgan birinchi bosqichida Olland Sarkozidan 500 mingtaga ko‘proq ovoz olgan.

So‘nggi kunlarda konservator prezident farqni kichraytirishga muvaffaq bo‘lgani aytilmoqda.

Frantsiyadagi prezident saylovida 46 million fuqaro ovoz berish huquqiga ega.

Tahlilchilar, agar 6 may kungi saylovda birinchi bosqichga nisbatan ko‘proq fuqaro ovoz bersa, bu Sarkozi manfaatiga xizmat qilishi mumkin, degan fikrda edi.

Prezidentlik saylovoldi kampaniyasi davomida ishsizlik va immigratsiya muammolari, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotining kelajagi asosiy mavzular bo‘ldi.

Hozir Frantsiyada ishsizlar soni so‘nggi 12 yil mobaynida eng yuqori darajaga ko‘tarilib, 10 foizni tashkil qilmoqda.

6 may kungi prezident saylovining dastlabki natijalari Toshkent vaqti bilan soat 22 da e‘lon qilinishi kutilmoqda.
XS
SM
MD
LG