Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:21

Ledi Gaga choy ichgan idish 75 ming dollarga sotildi


Mashhur pop qo‘shiqchi Ledi Gaga bir marta choy ho‘plagan idish Yaponiyadagi xayriya kim oshdi savdosida 6 million yen, taxminan 75 ming dollarga sotildi.

Qo‘shiqchining lab bo‘yog‘i izi qolgan piyolani kim sotib olgani oshkor etilmadi.

Xabarlarga ko‘ra, Ledi Gaga o‘tgan yil iyun oyida Tokiodagi matbuot anjumani paytida shu idishdan choy ho‘plagan.

O‘shanda Ledi Gaga Yaponiyada ro‘y bergan kuchli zilziladan aziyat chekkanlarga yordam tariqasida xayriya kontserti berish uchun Tokioga borgan edi.

Asli ismi Stefani Germanotta bo‘lgan qo‘shiqchining joriy oyda Yaponiyada uchta kontsert berishi kutilyapti.
XS
SM
MD
LG