Линклар

Andijon qirg‘inining yetti yilligi arafasida Turkiyadagi "Ozod O‘zbekiston” deb ataluvchi tashkilot, 2005 yil 13 may kungi voqealar yuzasidan mustaqil surishtiruv o‘tkazilishiga erishgan holda aybdorlarni xalqaro mahkamaga tortish va jazolashni so‘rab, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarga murojaat etdi.

Turkiyadagi bir qator inson huquqlari tashkilotlari tashabbusi bilan tuzilgan "Ozod O‘zbekiston” vakili Adem Chelik Ozodlik muxbiri bilan suhbatda murojaat boshqa xalqaro tashkilotlar hamda turk hukumatiga ham yo‘llanganini aytadi.

- Andijon qotili diktator Karimovni xalqaro mahkamaga tortish va uni jazolashni so‘rab biz Birlashgan Millatlar tashkilotiga maktub bilan chiqmoqchimiz. Ayni murojatimizni boshqa xalqaro tuzilmalar, Xalqaro jinoyat sudi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hamda Turkiya hukumatiga ham yo‘llamoqchimiz,- deydi Chelik.

Xalqaro jamoatchilik yetti yildan beri O‘zbekiston hukumatidan Andijon xunrezligi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilishini talab qilib keladi. Toshkent hukumati esa buni rad etib keladi.

23 aprel kuni Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkazilgan “Ozod O‘zbekiston” xalqaro konferentsiyasi xosilasi bo‘lgan tashkiloti vakili xalqaro hamjamiyatga murojaat bilan chiqishdan asosiy maqsad yetti yil avvalgi qatliom unut bo‘lib ketilishiga yo‘l qo‘ymaslik va dunyo jamoatchiligi e‘tiborini bunga qartish ekanini aytadi.

- 23 yil bir diktator iqtidorda ekan bunga sassiz qarab turgan tum xalqaro jamoatchilik, Yevropa Ittifoqi, AQSh yoki BMT ham mas‘ul,- deydi Adem Chelik.

Ayni paytda Germaniya parlamentining Yashillar partiyasidan saylangan deputati Viola Kramon chorshanba kuni Berlinda Andijon voqealari yetti yilligi munosabati bilan anjuman o‘tkazishini ma‘lum qildi.

Uning tashabbusi bilan Berlindagi Vavilon kinoteatrida Bi-Bi-Si jurnalisti Monika Uitlokning Andijon voqealariga bag‘ishlangan filьmi namoyishi, keyin esa xalqaro va o‘zbekistonlik ekspertlar ishtirokida munozara bo‘ladi.

Munozarada Andijon voqealarining bevosita guvohi, hukumat qo‘shinlari minglab namoyishchilarga qarata o‘t ochgan paytda Bobur maydonida bo‘lgan Uznews.net bosh muharriri Galima Buxarboyeva, Andijon voqealaridan so‘ng qamalib chiqqan huquq faoli, Inson huquqlari o‘zbek-nemis forumi rahbari Umida Niyozova hamda Germaniyadagi Konstitutsion va fuqarolik huquqlari bo‘yicha Yevropa markazi bosh direktori Volfgang Kalek qatnashadi.
XS
SM
MD
LG