Qozog‘iston Ichki ishlar departamenti matbuot xizmatiga ko‘ra¸ Olmaotada ikki o‘zbekistonlik qiz qullikdan ozod etilgan.
Toshkent viloyatidan bo‘lgan 21 yashar qizni yaxshi ish va‘dasi bilan Olmaotaga olib kelib¸ fohishalikka majburlagan 38 va 39 yoshdagi ikki qozog‘istonlik ayol qozoq politsiyachilari tomonidan qo‘lga olingan.
Matbuot xizmatiga ko‘ra¸ o‘zbekistonlik qizni Olmaotadagi “Oqsoy-4” mikrorayonidagi mehmonxonalardan biri xizmatchisi deb rasmiy qayddan o‘tkazgan qo‘shmachilar¸ jismoniy tazyiq ostida qizni aslida fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlab kelgan.
O‘zbekistonlik qiz¸ bu ishdan bo‘yin tovlaganda¸ qo‘shmachilar uni o‘ldirishdan tahdid qilgan¸ deyiladi Qozog‘iston Ichki ishlar departamentining matbuotda ochiqlangan xabarida.
Olmaota shahar Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi xodimlari¸ ayni mehmonxonada fohishalikka zo‘rlangan yana bir o‘zbekistonlik qizni ozod qilgan.
Ikkala qiz hozirda¸ aytilishicha¸ yordam so‘rab Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilotga murojaat qilgan.