Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:16

Obama bir jinsli nikohlarni qo‘llaydi


AQSh prezidenti Barak Obama bir jinsli nikohlarni qo‘llashini ma‘lum qildi.

Chorshanba kuni Ey-Bi-Si Nyus telekanaliga bergan intervyuda, Obama bir jinsli juftliklar o‘rtasidagi nikohga ruxsat berilishi kerakligini aytdi.

Biroya AQSh prezidenti bu o‘zining shaxsiy fikri ekanligini va har bir shtat hukumati bu masalada o‘zining yechimini chiqarish huquqini hurmat qilishini ta‘kidladi.

Kuzatuvchilar buni tarixiy on deya baholashmoqda. Sababi Obamadan oldin hech qaysi AQSh prezidenti bir jinsli nikohlarni qo‘llashini ochiq aytmagan edi.

Obamaning bu gaplari nikoh faqat erkak va ayol o‘rtasidan bo‘lishi kerak degan sotsial-konservativlarga yoqmasligi aytilmoqda.

Bundan oldin Bosh Vazir Jo Bayden ham bir jinsli nikohlarga qarshi emasligini aytkan edi.
XS
SM
MD
LG