Линклар

Rossiyaning Aeroflot aviashirkati Suxoy superjet-100 samolyoti halokati ustidan kulgan styuardessani ishdan bo‘shatdi.

Bunga styuardessa Yekaterina Solovyovaning o‘z Tvitter sahifasida qoldirgan yozuvi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Ushbu yozuvda styuardessa Superjet halokati ustidan ochiqchasiga kulib, qulagan uchqich Aeroflot tarkibida emasligidan afsus tortishini bildirgan.

“Qulagani ajab bo‘pti. Essiz bu superjet Aeroflotniki emas. Bo‘lmasa bitta bunday yomon samolyotga kamaygan bo‘lar edik,” deya yozadi Yekaterina Solovyova o‘z mikroblogida.

Styuardessaning bu so‘zlari Internet foydalanuvchilari orasida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.

Yekaterina Solovyova o‘z mikroblogini butunlay o‘chirib tashlaganiga qaramasdan Aeroflot ma‘muriyati uni ishdan bo‘shatishga qaror qildi.

Rossiyaning Suxoy nomidagi korxonasi fuqaroviy aviatsiya bo‘limida 2008 yilda ishlab chiqilgan yo‘lovchi samolyot Suxoi Superjet-100 chorshanba kuni Indoneziyada halokatda uchragan edi.

Avariyada samolyot bortida bo‘lgan 50 ka yaqin yo‘lovchining barchasi halok bo‘lgan.
XS
SM
MD
LG