Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:29

YeI vazirlari Ukraina va futbolni muxokama etishadi


Bugun Bryusselda Yevropa Ittifoqiga a‘zo mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari Ukrainada kelasi oy boshlanadigan futbol chempionatini boyqot qilish masalasini muxoakam etadi.

Iyun oyida Ukraina va Polsha futbol bo‘yicha Yevropa chempionatiga mezbonlik qiladi.

Xollandiya hukumati Ukrainada sobiq bosh vazir Yuliya Timoshenkoga qamoqda yomon munosabat qilinayotgani sabab chempionatga vakil jo‘natmasligini allaqachon ma‘lum qilgan.

Avvalroq Joze Manuel Barrozo boshliq Yevropa Komissiyasi ham shunday qaror qilgan edi.

Lekin, YeIga a‘zo ayrim davlat rasmiylari sport musobaqasini boykot qilish samarasiz ekanini aytishgan.

O‘tgan xafta Timoshenko ahvoli og‘irlashishi ortidan Xarkovdagi qamoqxonadan kasalxonaga olib o‘tilgan edi.
XS
SM
MD
LG