Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:05

Yahoo shirkati rahbari iste‘foga chiqdi


AQShdagi Yahoo internet-korporatsiyasi rahbari Skott Tompson iste‘foga chiqdi. Bunga Tompsonning o‘z rezyumesida olgan ta‘limi haqida noto‘g‘ri ma‘lumot berganiga oid janjal sabab bo‘ldi.

Tompsonning rezyumesidagi “xato”ni Yahoo hissadorlaridan biri bo‘lmish Deniyel Leb sezib qolgan. Lebning aytishicha, u kichik tekshiruv o‘tkazib, Tompson o‘z hujjatlarida ko‘rsatilganidek kompьyuter texnologiyalari sohasida ilmiy darajaga ega emasligini aniqlagan.

Keyinroq shirkat vakillari Deniyel Leb so‘zlarining to‘g‘riligini tasdiqlagan.

Yahooning yangi bosh direktori etib shirkat media-bo‘limi rahbari Ross Levinson tayinlangan.
XS
SM
MD
LG