Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:03

Eron banklari GMail pochtasidan foydalanmaydi


Eronning Telekommunikatsiya vazirligi mahalliy banklar, sug'urta tashkilotlari va telefon aloqasi shirkatlariga chet el elektron pochta xizmatlaridan foydalanmaslikni buyurdi.

Bu haqda France-Presse axborot agentligi xabar bermoqda.

Ushbu buyruqni olgan xizmatlar bilan bog'lanmoqchi bo'lgan fuqarolar ham Eronga tegishli .ir domen zonasida joylashgan elektron pochtadan foydalanishga majbur bo'lishadi.

Ayni damda mamlakatda uchta milliy elektron pochta xizmati faoliyat yuritadi.

Bundan tashqari, hukumat mahalliy tashkilotlar veb-saytlari .ir domenida ro'yxatdan o'tishi kerakligi haqida ham qaror chiqardi.

G'arb davlatlari kuchli online senzura tufayli "Internet dushmanlari" qatoridan joy olgan Eron hukumatini o'zining ichki elektron aloqa tarmog'ini ishlab chiqayotkanligi va dunyo Internet tarmog'idan uzilishi mumkinligini aytib kelishadi.

Islom respublikasi esa Internetdan uzilish iddaolarini rad etib keladi.

75 million aholisi bor Eronda 36 million Internet foydalanuvchisi borligi aytiladi.
XS
SM
MD
LG