Линклар

Germaniyadagi Yashillar partiyasi kantsler Angela Merkel hukumatidan O‘zbekiston bilan munosabatlariga oid ko‘plab savollarga javob kutmoqda.

Bundestag deputati Viola fon Kramon O‘zbekistondagi inson huquqlari ahvoli bilan bog‘liq ko‘pchilikni o‘ylantirayotgan savollar Germaniya Kantsleriga jo‘natilgani va javobni Germaniya hukumati dushanba kuni berishi kutilayotganini aytgan.

O‘zbekistonning strategik ahamiyati oshib borayotgan bir paytda u yerdagi inson huquqlari ahvoliga Berlin hukumati qanchalik e‘tibor qaratishi ko‘pchilikni o‘ylantirayotgan savollardan.

- Xavfsizlik sohasida O‘zbekistonning muhimligi ortib bormoqda. Germaniya Mudofaa vaziri yaqinda bu davlatga borib keldi. Lekin o‘zbek rasmiylari bilan so‘zlashuvlar chog‘ida u inson huquqlari haqida og‘iz ham ochmagan. Vaholanki O‘zbekistonda inson huquqlari ahvoli abgorlashib bormoqda, dedi nemis parlamenti deputati Viola fon Kramon.

Avvalroq matbuotda O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning Germaniya kantsleri Angela Merkel bilan uchrashish niyatini izhor qilgani, Angela Merkel esa Karimov inson huquqlarini ta‘minlash borasidagi shartlarni bajarmaguncha, u bilan uchrashishga xohish bildirmayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Merkel hukumatidan bunga ham aniqlik kiritish so‘ralgan.

Viola fon Kramonga ko‘ra, O‘zbekistonda inson huquqlari toptalishi mudhish bir tarzda davom etayotgan bir paytda Germaniya Kantsleri Karimovni qabul qila olmaydi, buni tasavvur ham qilish qiyin.
XS
SM
MD
LG