Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:33

O‘zbek oliygohlari 62 mingdan ortiq abituriyent qabul qiladi


Bu yil O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari 62,9 ming nafar abituriyent qabul qiladi.

O‘zbekiston Oliy ta‘lim vazirligiga ko‘ra, 56607 abituriyent bakalavriatga kirishi, ulardan 19 340 nafari davlat grantlari bo‘yicha, 37 267 nafari to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin.

2012-2013 o‘quv yili uchun magistrlar kvotasi 6,3 ming kishini tashkil etadi.

Ulardan 1566 nafari davlat granti bo‘yicha, 4734nafari to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

Davlat kirish imtixonlari 1 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

O‘tgan yili O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarining qabul qilish kvotasi 56 607 ni tashkil etgan edi.

Abiturentlarning 19 560 nafari grant bo‘yicha, 37 047 nafari esa – kontrakt bo‘yicha qabul qilingan edi.
XS
SM
MD
LG