Линклар

Yevropa Ittifoqi kelasi oy Ukrainada boshlanadigan Yevro-2012 futbol chempionatini boykot qilmaslikka qaror qildi.

Biroq dushanba kuni Bryusselda o‘tkan yig‘inda YeI bosh vazirlari Ukrainada inson huquqlari borasida ijobiy siljishlar bo‘lmas ekan ikki tomon o‘rtasidagi hamkorlik kelishuvi tasdiqlanmasligini aytishdi.

Ukrainada sobiq bosh vazir Yuliya Timoshenkoga nisbatan belgilangan yettik yillik qamoq jazosi va qamoqda unga nisbatan bo‘layotgan munosabat Yevropa Ittifoqi davlatlari tanqidiga sabab bo‘lgan edi.

Qator Yevropa yetakchilari Ukrainada o‘tadigan Yevro-2012 o‘yinlarini boykot qilishga chaqirishgan edi.

Joriy yilning 8 iyunida boshlanadigan Yevropa chempionatiga bu gal Ukraina va Polsha davlatlari mezbonlik qilishadi.
XS
SM
MD
LG