Линклар

“Barselona” futbol klubi hujumchisi Lionel Messi bu yilgi mavsumning “Oltin butsa” sovriniga sazovor bo‘ldi.

Ispaniya chempionati o‘yinlari doirasida bir mavsumda 50 gol kiritgan argentinalik Messi bu sovringa asosiy da'vogar bo‘lgan 46 gol sohibi Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi.

Yevropaning bombardirlar ro‘yxatidagi uchinchi o‘rinni Angliyaning “Arsenal” futbol klubi hujumchisi Robin Van Persi egalladi. U bu mavsumda 30 golga mualliflik qilgan.

Nufuzli "Oltin butsa" futbol sovrini 1997 yildan beri UYEFAga kiruvchi milliy chempionatlarning eng sermahsul to‘purariga berib kelinadi.

24 yoshli Lionel Messi 2010 yilgi mavsumda ham “Oltin butsa”ga sazovor bo‘lgan edi.
XS
SM
MD
LG