Линклар

Rossiya pravoslav cherkovi rahbari patriarx Kirill 15 may kuni Facebook ijtimoiy tarmog'ida o'z sahifasini ochdi.

Cherkov matbuot xizmatiga ko'ra, ijtimoiy tarmoqdagi sahifa kun sayin yangilanib turiladi va unda cherkov yangiliklari hamda patriarx chiqishlari va suratlari chop etiladi.

Diniy ishlarni Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda ham olib borish muhim ekanligini bir necha bor urg'ulagan patriarx Kirill 2010 yilda cherkov xizmatchilarini online tarmoqlarda faol bo'lishga chaqirgan edi.

Matbuot xizmati vakilining aytishicha, sahifani olib borilishini patriarxning shaxsan o'zi kuzatib boradi.

Patriarxning Facebookdagi sahifasi ayni damda ikki mingga yaqin "like" to'plagan.
XS
SM
MD
LG