Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:04

Gigz Angliya premyer ligasining eng yaxshi o‘yinchisi


“Manchester Yunayted” futbol klubi yarim himoyachisi Rayan Gigz Angliya premyer-ligasining 20 yillik tarixidagi eng yaxshi o‘yinchi, deb e‘lon qilindi.

Hali ham sport faoliyatini davom ettirayotgan 38 yoshli Gigz 1992 yilda tashkil topgan premyer-liganing barcha 20 mavsumida qatnashgan yagona o‘yinchidir.

Futbol mutahassislari ovoz bergan “eng yaxshi o‘yinchi” nominatsiyasida Gigz bilan birga Dennis Bergkamp, Erik Kantona, Tyerri Anri, Krishtianu Ronaldu va boshqa taniqli futbolchilar qatnashdi.

Butun professional karyerasini “Manchester Yunayted” jamoasida o‘tkazgan Rayan Gigz 12 marta Angliya chempioni, to‘rt marta mamlakat kubogi sohibi, ikki marta chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan.

Gigz Angliya premyer ligasida jami 598 o‘yin o‘tkazgan.

Premyer liga tarixidagi eng yaxshi murabbiy unvoniga “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi ser Aleks Fergyusson sazovor bo‘ldi.
XS
SM
MD
LG