Линклар

Q. Botirov odam savdosiga qarshi kurashishga chaqirdi


Qirg‘izistonlik o‘zbeklar liderlaridan biri Qodirjon Botirov. 2012 yil, 15 may, Varshava shahri.

Qirg‘izistonlik o‘zbeklar liderlaridan biri Qodirjon Botirov. 2012 yil, 15 may, Varshava shahri.

“Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti, Yevropa Ittifoqi va BMTning mutasaddi idoralari Qirg‘izistonda odam savdosi bilan bog‘liq muammoni, aynan bu mamlakat etnik o‘zbek fuqarolari huquq va erkinliklari bilan bog‘liq muammoni o‘rganish uchun aralashuvlari zarurdir”.

Bu chaqiriq qirg‘izistonlik o‘zbeklarning quvg‘indagi liderlaridan biri Qodirjon Botirovning Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti Varshavada o‘tkazayotgan “Odam savdosiga qarshi kurashning huquqiy asoslari” mavzuidagi seminarida qilgan chiqishida yangradi.

2010 yil iyun voqealarini uyushtirishda aybdor topilib, Qirg‘iziston sudi tomonidan sirtdan umrbod qamoq jazosiga mahkum etilgan Botirovning aytishicha, fojeadan so‘ng o‘tgan keyingi "2 yil davomida qirg‘izistonlik o‘zbeklar odam savdosi va nolegal emigratsiya bilan shug‘ullanayotgan hamda jinoiy usullar bilan pul topayotgan guruhlar uchun boylik orttirish manbaiga aylanib qoldi".

YeXHTning 14 may kuni boshlangan “Odam savdosiga qarshi kurashning huquqiy asoslari” mavzuidagi seminari 16 may kuni o‘z ishini yakunlaydi.
XS
SM
MD
LG