Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 07:23

O‘zbekistonlik "Spartak" kapitani jipini o‘g‘irladi


BMW X6 avtomobili.
BMW X6 avtomobili.
Ta‘qibsiz detektiv - muhabbatsiz hayot. Birov qochadi, birov quvadi. "Spartak" futbol jamoasi kapitani va ismi aytilmayotgan o‘zbekistonlik muhojir "Ehtiyot bo‘ling, avtomobil" filmi personajlari sarguzashtlarini boshdan kechirdi.

Gap shundaki, Rossiya poytaxtida ishsiz yurgan o‘zbekistonlik muxojir "Spartak" futbol komandasi himoyachisi va kapitani Sergey Parshivlyukning BMW X6 rusumidagi mashinasini servisga olib boraman deb aldab, olib qochgan.

Nikoh to‘yi kuni, kechki ziyofatga shoshib turgan Parshivlyuk ham unga ishonib mashinasi kaltini berib yuborgan.

- O‘zbekiston fuqarosi shu yo‘l bilan narxi 4,6 million rubl turadigan BMW X6 jip mashinasiga osongina egalik qilmoqchi bo‘lgan,- deya bildirdi Moskva Ichki ishlar bo‘limi xodimlaridan biri Interfaks muxbiriga.

Qo‘lga olingan shaxs 32 yashar O‘zbekiston fuqrosi ekani aytilmoqda. Ismi hozircha aytilmayapti.

Mazkur holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan. O‘zbekistonlik firibgarlikda gumonlanib hibsga olindi.

"Spartak" futbol jamoasi matbuot vakili bo‘lib o‘tgan hodisani tasdiqladi.

- O‘zi kapitanimizni kecha nikoh to‘yi ham edi. Ustiga ustak mashinasini olib qochishdi. Keling hozir uni bezovta qilmay qo‘yaqolaylik,- dedi Spartak vakili.

Hozircha, o‘zbekistonlikka bu qilmishi uchun qanday jazo tayinlanishi noma‘lum.
XS
SM
MD
LG