Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:44

Musulmon guruhlari Ledi Gaga kontsertini bekor qildi


Pop yulduz Ledi Gaga Indoneziyadagi "Born This Way Ball" nomli kontsertini bekor qildi.

Bunga Indoneziyadagi musulmon guruhlari noroziligi sabab bo‘ldi.

Islomiy guruhlar ochiq-sochiq kiyimlarda sahnaga chiqib¸ o‘zini "Shayton mujdachisi" deb taqdim etayotgan Ledi Gagani mamlakat ma‘naviy me‘yorlariga tahdid deb topdi¸ ayrim radikal guruhlar esa¸ Gaga kontsertini to‘xtatish uchun jismoniy kuch qo‘llash bilan tahdid qildi.

Indoneziya parlamentining ayrim a‘zolari va diniy ulamolar ham shouga qarshi chiqdi.

Ledi Gaganing kontserti 3 iyun kuni Jakarta shahrida bo‘lishi rejalangan va chiptalar sotuvga qo‘yilgan birinchi ikki hafta davomida kontsertga 52 mingta chipta sotilgan.
XS
SM
MD
LG