Линклар

logo-print
Facebook ijtimoiy tarmog'ining asoschisi Mark Zukerberg talabalik davridan sevib kelgan muhabbati Pristsila Changa uylangi.

900 million foydalanuvchiga ega tarmoq asoschisining uylangani uning Facebookdagi rasmiy sahifasida yuklangan kelin va kuyov surati hamda o'zgargan "oilaviy maqomi" orqali e'lon qilindi.

Atigi yuzga yaqin mehmon chaqirilgan to'y Zukerbergning Kaliforniyadagi uyi hovlisida kamtaringina o'tkani aytilmoqda.

Ismini oshkor qilmaslikni so'ragan mehmonga ko'ra, Facebook asoschisning aynan bugun uylanishi "barchaga syurpriz bo'ldi".

19 may kuni o'tgan ziyofatga chaqirilganlar Pristsilla Channing tibbiyot universitetini muvaffaqiyatli tugatgani munosabati bilan dasturxon yozilganini tahmin qilishgan.

- Sababi oldindan aytilmagan ziyofat aslida to'y ekanligi ikki yosh mehmonlar oldiga kuyov va kelin liboslarida chiqqanlaridan so'ng ayon bo'ldi, dedi ismini oshkor qilmagan mehmon USA Today nashriga.

28 yoshli Mark Zukerberg va 27 yoshli Pristsilla Chan o'rtasidagi muhabbat bundan 9 yil avval Garvard universitetida boshlangan.

Facebook ijtimoiy tarmog'i ham Zukerberg va uning yaqin do'stlari tarafidan 2004 yili aynan Garvard yotoqxonasida ishga tushirilgan edi.

18 may kuni aksiyalarini birjaga chiqargan Facebook ayni damda 106 milliard dollar atrofida baholanmoqda (bir aksiyaning narxi 38 AQSh dollari). Birjada belgilangan bahodan so'ng Zukerberning boyligi 19,1 milliard AQSh dollariga yetdi.
XS
SM
MD
LG