Линклар

Angliyaning “Chelsi” futbol jamoasi 2011-12 yil mavsumi Chempionlar ligasining g‘olibi bo‘ldi.

Germaniyaning “Bavariya” klubi bilan kecha bo‘lib o‘tgan uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobi bilan yakunlandi.

Hisobni "Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller o'yinning 82-daqiqasida ochib berdi.

O'yin tugashida bir daqiqa qolganda esa "Chelsi" hujumchisi Didye Drogba hisobni 1:1 ga yetkazdi.

Qo‘shimcha vaqt ichida hisob o'zgarmaganligi sabab uchrashuv g'olibi penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo'ldi.

11 metrlik zarbalar seriyasida “Chelsi” vakillari 4:3 hisobida ustunlikni qo‘lga kiritdilar. Yakuniy golni uchrashuv gahramoniga aylangan Didye Drogba kiritdi.

Angliyada to‘rt marta chempionlikni qo‘lga kiritgan “Chelsi” jamoasi Chempionlar ligasi shohsupasini ilk marotaba zabt etmoqda.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG