Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:08

"O‘zbekiston havo yo‘llari" TAPOiChdan oltinchi samolyotni qabul qilib oladi


"O‘zbekiston havo yo‘llarining" mahalliy yo‘nalishda uchadigan "Il-114-100" yo‘lovchi samolyoti.

Joriy yil iyun oyida “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviashirkati Toshkentdagi “Chkalov” nomli aviatsiya ishlab-chiqarish birlashmasida (TAPOiCh) qurilgan oltinchi Il-114-100 rusumidagi yo‘lovchi samolyotini qabul qilib oladi.

Bu samolyot eskirib qolgan Yak-40 va An-24 samolyotlari o‘rnini egallagan.

Podrobno.uz nashri xabariga ko‘ra, Il-114-100 samolyoti “Rockwell Collins” shirkatining zamonaviy elektron uskunalari, “Pratt&Whitney Canada” shirkati ishlab chiqargan dvigatel, “Hamilton Sundstrand” shirkatining havo parraklari va “Honeywell” kompaniyasining samolyotni aniq boshqarishda qo‘llaniladigan yangi uskunalari bilan jihozlangan.

52 nafar yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan Il-114-100 samolyoti avtomatik qo‘nish sistemasi bilan ham jihozlangan.

Jori yil may oyida “Chkalov” zavodi Rossiyaning “Volga-Dnepr” aviashirkati uchun Il-76TD-90VD rusumidagi uchinchi yuk tashuvchi samolyotni qurib bitkazgan edi.
XS
SM
MD
LG